Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman! Sizga mustaxkam sog‘lik, omad, to‘kin-sochinlik, barcha ezgu niyat-maqsadlaringizning ro‘yobga chiqishini, ayollarga xos bo‘lgan quvonchu-shodlikni, xayot lazzatlarini, ajoyib va bitmas-tuganmas baxtiyorlik onlarini tilab qolaman!

Tavallud kuningiz bilan muborakbod etaman! Xonadoningizda xar doim tinchlik, osoyishtalik va farovonlik xukmron bo‘lsin. Baxtli bo‘lishingizni, xayot quvonchlaridan va xayotning xar bir daqiqasidan baxra olishingizni, doimo ishonchli va vafodor do‘stlarga ega bo‘lishingizni tilab qolaman. Xar doim xozirgidek mexribon, quvnoq navqiron bo‘lib qolishingizga tilakdoshman!

Ushbu ajoyib kun munosabati bilan, barcha orzu-istaklaringizni ro‘yobga chiqishini tilab qolaman. Omad, quvonch va baraka doimiy yo‘ldoshingizga aylansin. Xar doim yaqinlaringizning quvonchli va samimiy tabassumlaridan baxra oling. Bundan buyon xam xuddi shunday betakror va jozibali bo‘lib qolishingizga tilakdoshman. Tug‘ilgan kuningiz bilan!

Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman! Sizga va siz qatori barcha yaqinlaringizga mustaxkam sog‘lik, quvonchu-shodlik, to‘kin-sochinlik, bulardan tashqari ko‘pdan-ko‘p tabassum, xayotga va ertangi kunga bo‘lgan umid — ishonch xislari, doimiy barqarorlikga ega bo‘lgan ayollik baxti siz bilan bir umr yo‘ldosh bo‘lishiga tilakdoshman.

Sizni tavallud kuningiz bilan tabriklayman! Siz uchun g‘oyatda qadrli bo‘lgan ushbu kunda Sizga eng yaxshi, samimiy va ezgu tilaklarimni baxshida qilmoqchiman. Xar doim xuddi xozirgiday ajoyib, maftunkor va samimiy bo‘lib qolishingizni tilayman! Ko‘pdan-ko‘p xurmat va extirom og‘ushida bo‘lishingizni va mustaxkam sog‘lik, metin iroda xamda chinakam baxt-saodat egasi bo‘lishingizni tilab qolaman!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz