Aziz akajonim! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Hayotingiz dunyodagi eng yorqin tuyg‘ularga va baxtli laxzalarga to‘lsin! Sizning barcha ezgu orzu-istaklaringiz ro‘yobga chiqsin! Sizga hayot so‘qmoqlarini qoqilmasdan muvaffaqqiyat bilan bosib o‘tishingizda va bu yo‘l bilan maqsad sari olg‘a intilishingizda tilakdoshman! O‘zingiz erishgan yutuqlaringizni qadriga yeting va yanada ko‘proq g‘alabaga erishib, baxtiyorlik nashidasini suring!

Tavallud ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz akajonim! Sizga mustaxkam sog‘lik, omad va farovon turmush kechirish baxti nasib etsin! Barcha orzu-istaklaringiz amalga oshsin, aqlli, esli-xushli bo‘lish yo‘lida yo‘ldan adashtirmasin! Kelajakda doimo mard, jasur va xaqiqatgo‘y insonlar qatorida bo‘lishingizda va albatta baxtli-taxtli, tinch-totuv xayot kechirishingizda tilakdoshman!

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin! Xayotingiz barchaga ibrat bo‘larli darajada baxtli laxzalardan iborat bo‘lsin! Sizga metin sog‘lik va ko‘tarinki kayfiyat xamrox bo‘lsin! Yuragingiz to‘ridan joy olgan insonlarni qadrlash xissi Sizni aslo tark etmasin!

Qadrli va qimmatli akajonim! Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan qutlayman! Xayot yo‘lingiz doim nurli bo‘lsin, xayot so‘qmoqlarida xech qachon qoqilmang! Tabassum yuzingizdan xech qachon arimasin, xar bir yangi kun Sizga yangi baxt va omadlar keltirsin! Xayotning barcha zinalarida oldingi marrada bo‘lishingizda va metin iroda egasi bo‘lishingizda tilkdoshman!

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, aziz akajon! Sizga farovon xayot, omad, mustaxkam sog‘lik va vafodor do‘stlar davrasida bo‘lish nasib etsin! Xar doim kuchli insonlar qatorida bo‘lishingiz — isbot talab qilmaydigan aksiomaga aylansin! Baxt qushi doimo yelkangizdan o‘rin olsin! Barcha ezgu niyat-maqsadlaringiz amalga oshsin! Omad qushi Sizni yo‘ldoshingiz bo‘lsin. Ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz