Aziz opajon! Tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizga uzoq umr, baxt-saodat, metinday sog‘lik, farovon turmush, barcha olamshumul va ijobiy maqsadlaringizni amalga oshishini, xayotning barcha jabxalarida omad Sizga yor bo‘lishini va ajoyib nurli, iqbolli kelajakning baxtli onlarini tilab qolaman! Oilamiz baxtiga doimo omon bo‘ling!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz va qadrli opajon! Xayotingiz nurlarga to‘lsin, osmoningiz musaffo bo‘lsin, ko‘zlaringizda aslo nam bo‘lmasin! Baxtli laxzalar aslo Sizni tark etmasin! Bir umrga quvnoq, mexribon, navqiron bo‘lib qolishingizda tilakdoshman!

Aziz opajonim! Bugungi ayyomingiz munosabati bilan barcha ko‘zlagan niyat-maqsadlaringizni amalga oshishiga tiladoshman! Baxt, omad, shodlik va metinday sog‘lik doimiy xamroxingizga aylansin! Barcha yaqinlaringiz va dugonalaringizning samimiyat to‘la chexralaridan baxramand bo‘ling! Doimo barchamizning baxtimizga sog‘-salomat bo‘ling! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Tug‘ilgan kuningiz bilan muborakbod etaman, aziz opajon! Sizga va Sizning barcha dugonalaringizga omad, farovonlik, mustaxkam sog‘lik, baxt-iqbol, shodlik, samimiy tabassum va kelajak xayotga bo‘lgan ishonch xislari doimiy xamrox bo‘lishiga tilakdoshman. Ko‘zlaringiz aslo yosh ko‘rmasin, qadrli opajon!

Men uchun qadrli va qimmatli bo‘lgan opajonim! Sizni tavallud kuningiz munosabati bilan chin ko‘nglimdan muborakbod etaman! Bir umr barchamizga mexribon va samimiy xamda qadrli inson bo‘lib qolishingizga tilakdoshman! Aloxida axamiyatga ega bo‘lgan ushbu ayyom kunida o‘zimning barcha ezgu tilaklarimni Sizga tuxfa qilaman. Barcha yaqinlaringizning, dugonalaringizning xurmat va e’tiborlariga sazovor bo‘lish baxtiga xamda metinday sog‘likka ega bo‘lishingizda tilakdoshman!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz