
Xurmatli……………………………………………………!
Sizni korxonamiz jamoasi va kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizni metinday sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va farovon turmush xech qachon tark etmasin! Shu bilan bir qatorda korxona miqyosida rejalashtirgan ishlaringizni muvaffaqqiyat bilan ijobiy yakun topishida xamda ular orqali ulkan natijalarga erishib, korxonamizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga munosib xissa qo‘shishingizda tilakdoshmiz! Xushchaqchaqlik va samimiy tabassum Sizga xamrox bo‘lsin! Tavallud ayyomi muborak bo‘lsin!
Xurmatli……………………………………………………!
Sizni korxona jamoasi nomidan tavallud ayyomingiz sharofati bilan muborakbod etamiz! Sizga oilaviy tinch-totuvlik va shirin turmush kechirish baxti yo‘ldosh bo‘lsin! Oilangiz baxt-saodati va qolaversa korxonamiz rivoji uchun sog‘-salomat yurishingizda tilakdoshmiz! Mexr-oqibatlilik Sizni tark etmasin! Oilaviy xayotingizda va korxonadagi ish faoliyatingizda kattadan — katta muvaffaqqiyatlar Sizga xamroxlik qilsin! Yana bir bor tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Xurmatli……………………………………………………!
Sizni jamoamizning barcha xodimlari nomidan tavallud kuningiz munosabati bilan muborakbod etamiz! Sizga metinday sog‘lik, farovon xayot va baxt-saodat yo‘ldosh bo‘lsin! Ushbu ayyom kuni bir umr esda qolarli darajadagi ajoyib quvonchli xissiyotlari bilan esda qolsin! Oilangiz, barcha yaqinlaringiz va do‘stlaringiz xamda korxonamiz jamoasi baxtiga xar doim sog‘-salomat bo‘lishingizda tilakdoshmiz! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Xurmatli……………………………………………………!
Sizni korxonamiz xodimlari va qolgan barcha aksiyadorlar nomidan tavallud ayyomingiz bilan qizg‘in muborakbod etamiz! Kelgusi ishlaringizda ulkan yutuqlar sizni tark etmasin! Xayotda tinch-totuv yashashingizni va barcha oldingizdagi rejalashtirgan niyat-maqsadlaringizni dadil qadamlar tashlagan xolda amalga oshirishingizni istab qolamiz! Korxonamiz rivoji uchun qilayotgan mexnatlaringiz o‘zining muvaffaqqiyatli samarasini beribgina qolmay, korxonamiz jamoasi va aksiyadorlari, qolaversa Kuzatuv kengashi tomonidan xam bu mexnat-mashaqqatlarning qadr-qimmati munosib baxolanishida tilakdoshmiz! Tavallud ayomingiz qutlug‘ bo‘lsin!
Xurmatli……………………………………………………!
Sizni korxonamiz xodimlari xamda aksiyadorlari va korxona kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan tavallud kuningiz bilan qizg‘in qutlaymiz! Sizga oilaviy baxt-saodat, to‘kin-sochinlik nasib etsin! Mustaxkam salomatlik va bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat aslo Sizdan begona bo‘lmasin! Korxonamizdagi aloxida tutgan o‘rningiz bungdan keyin xam o‘z axamiyatni qo‘qotmasin! Sizning talabchanligingiz natijasida korxonamizda o‘rnatilgan mustaxkam tartib intizom bundan keyin xam yanada mustaxkamlanib borishida tilakdoshmiz! Omad xamisha Sizga yo‘ldosh bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF