Koʼpchilik xonadonlarda kunlar isishi bilanoq xar-xil katta-kichik xajmdagi qurilish ishlari boshlanib ketadi. Buni natijasida xovlida bir oz boʼlsada, tartibsizlik yuzaga keladi. Аtrofda eski eshik-derazalar deysizmi, xullas, gʼisht, tuproq uyumlari va boshqa shu kabi qurilish ashyolariga taalluqli narsalar uyulib yotadi.
Lekin bularning ichida eng xavflisi albatta mixlari sugʼurilmagan taxta-yogʼochlar xisoblanadi. Аyniqsa oʼtkir tigʼli mixlari yuqoriga qarab turgan taxtalarni aytmasa xam boʼladi.
Xuddi shunga oʼxshab, qoʼshnilarimdan biri xam, eski imoratlarini buzib, oʼz uyida yuqoridagidek «tartibsizlik»ni boshlab yuborishdi. Men xam ularning xonadonlari oldidan oʼtib ketayotib, qoʼshnimga oʼzimcha maslaxat bermoqchi boʼldim:
— «Qoʼshni, endi aybga buyurmaysiz-da, mana shu eski imoratingizdan chiqqan taxtalardagi mixlarni erinmasdan bittama-bitta sugʼurib tashlashingizni maslaxat bergan boʼlardim. Chunki ularni, bilib boʼlmaydi, falokat oyoq ostida, bosib olinsa bormi, naqd bir necha oygacha azob chekib, shifoxonalarga qatnashga toʼgʼri kelishi…»
Gaplarim shu yerga kelganda qoʼshnim meni gapimni shartta boʼlib, jaxl bilan dedi:
— «E. uka, nima qilasiz birovni ishiga aralashib. Bizni oilamizda oʼzi shunaqamiz. Mayda — chuyda narsalarga aslo eʼtibor qaratmaymiz. Qaytaga oyoq tagiga qarab, eʼtiborliroq boʼlib yuramiz. Siz xam…»
Men xam uning soʼzlarini oxiriga qadar eshitib oʼtirmay, shartta burilib, oʼz yoʼlimda ketaberdim. Lekin, bilmadim, bu ishim toʼgʼrimidi yoki biroz men xam qizishib ketdimmi?… Xullas, men oʼz yoʼlimga ketdim, shu bilan oʼylashimcha bu mavzu xam yopildi… Biroq…
Bir kuni xaydovchilik kursida oʼqish uchun maxsus shakldagi maʼlumotnoma kerak boʼlib qolganligi sabab, darmonxonaga borishimga toʼgʼri keldi. U yerda ishimni bitirib boʼlgach, darmonxonadan chiqib ketayotib, birdaniga xaligi men bilan tortishib qolgan qoʼshnimga koʼzim tushdi. U nimagadir mendan oʼzini olib qochayotganga oʼxshardi. Men bundan oldiniga xayron boʼldim. Lekin, bir ozdan keyin sababini bilib oldim…
Qoʼshnim oldiga borib, u bilan soʼrashib, xol-axvol soʼramoqchi boʼldim. Xar xolda, «qiyomatli qoʼshni» degan gaplar bor. U men bilan bir oz oʼngʼaysizlanib soʼrashdi. Shunda uning bir oyogʼi bintlar bilan bogʼlab tashlanganiga koʼzim tushib qoldi. Birdan roʼparadagi eshikdan yuziga oq niqob tutgan barvasta xamshira chiqib keldi-yu, darrov qoʼshnimga yuzlandi:
— «Bemor Аliev, sizni tovoningizga mix juda chuqur kirganligidan shifokor maxsus tekshiruvdan oʼtishingizni tayinladi. Bundan tashqari, sizda bir oz boʼlsada, isitma xam borligi, oyogʼingizdagi jaroxatingiz esa kun sayin yaxshi tomonga oʼzgarmayotganligi bizni tashvishlantirmoqda!»
Xamshira soʼzini tugatib, qoʼshnimni qoʼliga qandaydir bir qogʼozni tutqazdi-yu, darrov yana oʼsha eshikka qaytib kirib ketdi.
Qoʼshnim esa, menga bir qaradi-da, boshini maʼnoli qimirlatib qoʼydi xolos. Men bundan «Sen xaq ekansan, oʼshanda aytganlaringga quloq tutsam boʼlarkan, mana endi, qara, nimalarni boshimdan kechirmoqdaman» degan fikrlarni oʼqiganday boʼldim…
Lekin, endi bu fikrlarga bir oz kech edi…