Tez aytishlar (Suv jonivorlari xaqida)

Аkula — kula-kula koʼzlari ola-kula boʼlardi-ya.

Delfin — xar kuni selfi qilsin.

Koʼk kit — koʼp kit.

Kosatka — koʼrsang tushasan daxshatga.

Kashalot — kasalliklarsiz kechirar xayot.

Sakkizoyoq — sakkizta oyogʼi bilan sayoq yurib tayoq yegan suyuq oyoq.

Meduza — muzdekkina unda yuza.

Skatt — sizga bu payt albat yozar xat.

Dengiz oti — tengsiz, tinimsiz ot.

Kolmar — tanasida koʼplab kamar.

Tyulen — dengizda tanxo tinimsiz suzuvchi turbolent gʼavvos shovvoz.

Molyuskalar — marvaridlar xisobiga yuksalar.

Pingvin — pinxona pana joyga muzliklarga qurar in.

Laqqa baliq — goʼshti taliq (biroz qiltiriq) — qarmoq tashlasang — koʼrsatar qiliq.

Morjlar — muzliklarga mudom qadam tashlar.

Dengiz fili — xartumidir uning tili.

Toshbaqa — tosh kabi kosasini koʼtarib, qotib turar toshdaqa.

Sazan — qarmogʼimga qoʼqqisdan ilinar baʼzan.

Choʼrtan — choʼchib, chuqurlikdan chiqib qoladi birdan.

Laqqa — qaramasdan xech qayoqqa, toʼgʼri tomoqqa.

Tilla baliq — xiyla baliq (Chunki, tutganing on — «vaʼda» berib, boʼlar «quyon»)

Marinkaga — musiqa chal, muqom qilar «kalinka»ga.

Doʼng peshona (tolstolob) — darrov pishishidan dangal nishona.

Pirrayi — pichoqdayin tishlari arrali — xafli ikki karrali.

Sudak — sovuq suvda suvdek suzishni sevuvchi sara baliq.

Timsox bular — kim soʼrashsa (kim uchrashsa) — kim sogʼ qolar?

Oy baliq — moʼʼjizaga boy baliq.

Yoʼlbars baliq — badani yoʼl-yoʼl qoʼrqmas baliq.

Jangchi baliq — jangari, janjalkash — janglari ayanchli baliq.

Xek — suyaksiz baliqlar ichra bek.

Seld baligʼi — suvning chuqur yerlarida uning uyi va qalligʼi.

Semga — vazni yetar qirq kilogrammga.

Guppi — guppilllatib oʼynab berar akvariumda, boʼlsa «zubi-zubi».

Qilich baliq — qiliq qilgan boʼlsang — «paralich» qiladi aniq.

Dengiz tipratikoni — dengizdadir makoni.

Forel — suvni filtrlashda qatnashar qoyil.

Omar — oyogʼini odamlar oʼnta sanar.

Nautilus — suvda suv osti kemasidek suzar durust.

Okun — kamsuyak baliq boʼlgani yaxshi yakun.

Skumbriya — zoʼr baliq, yogʼli ekani aniq.

Kambala — kamyob, kam baliq.

Qisqichbaqa — qoʼlingni qisqichida qisib qolsa, qochasan qayoqqa.

Mintay — sovuq suvni sevib yashaydi atay.

Kilka — koʼrinishdan kichik, konservaga kerak balki.

Аnchous — ancha mazali va ancha yogʼli ekani bois, boshqa baliqlar bundan boʼladi maʼyus.

Treska — deganda tarkibi deyarli suyaksiz, yogʼsiz ekanligi tushadi esga.

Paltus — qizil kitobga kiritilgan afsus.

Piksha — yod bilan boyitilgan tarkibi xam, mazasiga yarasha.

Osetr — bozor baxosi bebaxo boʼlayotir.

Navaga — nimagadir intiladi sovuq suvga, shimolga — sovuq xavoga.

Zubatki — old tishlari juda yirik, yirtqich boʼlsa naxotki.

Terpug baliq — mazali va yogʼliq boʼlishi aniq.

Stavrida — nomlanish sababi qoʼpol dumida.

Keta — nasl qoldirgandan keyin xayotdan ketar.

Sayda — vitamin va fosforga boyda — farzand koʼrmagan ayollarga foyda.

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF