Qishloq tongi (sheʼr)

Quyosh chiqar ertalab,
Sharq tomondan nur sochib.
Bulutlarni bittalab,
Surar, go’yo yoʼl ochib.

Koʼkatlarning koʼz yoshin,
Quyosh parlab tashlaydi.
Dexqon esa oʼz ishin,
Mexr bilan boshlaydi.

Qushlar tuzib guruxlar,
Katta kontsert berishar.
Ishchi asalarilar,
Gul sharbatin yigʼishar.

Chelak tutgan onalar,
Unnar sigir sogʼmoqqa.
Soʼngra asal bolalar,
Xaydar uni oʼtloqqa.

Xavo qoraysa agar,
Osmon koʼzi yoshlanar.
Qishloq tongi xar safar,
Аna shunday boshlanar.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF