Urush oqibati (sheʼr)

Jangu-jadal, urushlarning oqibati vayronadir,
Yosh goʼdaklar jasadlarning atrofida aylanadir.
«Nega ular koʼzin ochmas» deya koʼzin moʼltiratib,
Boshlarini sarak-sarak qilib, lolu-xayronadir.

Bu urushdan odamlarga yetdi qancha talofatlar,
Odamlarning boshi uzra yogʼdi balo-yu ofatlar.
Bu urushni boshlab bergan qora niyat Gitler uchun,
Tinchliksevar xalq nomidan boʼlsin umrbod laʼnatlar!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF