“Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Coca-Cola Superliga 8-turi doirasida “Bunyodkor”ga qarshi kechgan uchrashuvdan (1:3) so‘ng o‘z fikrlarini bayon qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: PFL

“Raqiblarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoa birinchi bo‘limning o‘zida ikki gol farqi bilan oldinda edi. Ikkinchi golda o‘yin qoidasi buzilgandi. Fol bo‘ldi, hushtak chalinmadi, ikkinchi gol urildi. Albatta, og‘ir. Ikkinchi bo‘limda boshqacharoq o‘ynadik, gol urdik, vaziyatlar yaratdik. Ammo safarda o‘ynash doimo qiyin bo‘lgan. Endi keyingi o‘yinda tarkib o‘zgaradi, kimdir o‘tkazib yuboradi, ayrimlar nimalarnidir o‘ylashi kerak bo‘ladi. Ular futboldagi keyingi faoliyati qanday o‘tishini o‘ylashi kerak. Ba’zi futbolchilar barchasi yaxshi, a’lo darajada deb hisoblashdi, chiroyli hayot, yashash yaxshi, ammo har bir o‘yinda siz kuchli ekanligingizni ko‘rsatishingiz kerak.

Baribir ikkinchi gol o‘yinni sindirdi deb hisoblayman. 1:0 dan chiqib ketishning iloji bor, biroq 2:0 juda qiyin masala. Keyinchalik uchinchisi ham darvozamizdan o‘rin oldi.

“Nasaf” maydonidagi durang, Bekoboddagi g‘alabadan keyin futbolchilar o‘zlariga qo‘yilgan talabni pasaytirdi. Endi ular zaxirada o‘tiradi va o‘z imkoniyatini kutadi. Jamoada ko‘zi yonib turgan, o‘ziga beriladigan imkoniyatni poylayotgan futbolchilar ko‘p. O‘zgarishlar qilinadi, tarkibda ayrim kamchiliklar yopiladi. Ha, ba’zida Ronaldu va Messida ham nimadir o‘xshamay qoladi. Futbolchida istak va xohish bo‘lishi shart. Bu yo‘qmi, demak, o‘zgarishlar bo‘ladi, tarkibda yangilashlar yuzaga keladi, uning o‘rni boshqa futbolchilar bilan to‘ldiriladi.

Namangan viloyati hokimi bilan uchrashuv futbolchilarga salbiy ta’sir qildi deb o‘ylamayman. U Namanganda futbolning rivoji uchun katta ish qilmoqda. U doimo biz uchun qayg‘uradi. Shu sababli bu hech qanday ta’sir qilmagan. Mag‘lubiyatda o‘zimiz aybdormiz, endi o‘yin, yo‘lga qo‘ygan xatolarimizni ko‘rib chiqamiz. U bizga omad tiladi. Futbolchilarim borini berib harakat qilmadi, ayrimlar 70 foiz kuch bilan o‘ynadi. Bu hech nima emas, bundan yetarlicha dars oldik. Har bir negativ ishdan pozitiv fikr ham olib turish kerak bo‘ladi. Oldimizda “Qizilqum”ga qarshi juda muhim bahs kutib turibdi. Bu o‘yindagi aybdorlik hissini shu o‘yinda yo‘qotamiz. Navbatdagi o‘yin boshqacha bo‘ladi. Va’da beraman”, — deya rossiyalik mutaxassisdan iqtibos keltirmoqda “Championat.asia”.

“Navbahor” 8-turdan so‘ng 14 ochko to‘plab, 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa kelasi turni o‘z uyida “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazadi.

От qwert.uz