7-iyul, seshanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Filippinning Zamboanga shahridagi qishloqda cho‘kib ketgan samolyot yonida yurgan qo‘riqchilar. Manbalarga ko‘ra, 2 ta motorli samolyot bortida 4 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Foto: EPA

Angliyaning London shahrida aktyor Jonni Depp Sun gazetasiga qarshi sud ishida qatnashish uchun Oliy sudga kelmoqda.

Foto: Rex

AQShning Yangi Orlean hududidagi hayvonot bog‘ida bir oylik mandril onasi bilan birga oziqlanmoqda. Ayni damda bog‘ cheklangan miqdordagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.

Foto: AP Photo

Germaniyaning Embzen kommunasidagi maktabda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar.

Foto: AP Photo

Rossiyaning Sochi shahridagi Olimpiada bog‘idagi mash’ala yonida joylashgan kuylovchi favvora.

Foto: “TASS”

Suriyaning Idlib shahridagi qochoqlar lagerida flebotomili tuproq chivinlarining chaqishi natijasida yuzaga keladigan leyshmanioz parazit kasalligiga chalingan bola. Noqulay hayot tarzi va yetarli bo‘lmagan tibbiy xizmat natijasida ushbu kasallik soni keskin ortdi.

Foto: Getty Images

Italiyaning Rim shahridagi Trevi favvorasi yonida oq ko‘ylakdagi kelinlar nikoh marosimlarining ortga surilishiga qarshi namoyishga chiqdi.

Foto: Getty Images

Avstraliyaning Melburn shahrida o‘t o‘chiruvchilar umumiy turar-joy aholisiga ovqat tarqatishga tayyorlanmoqda. 9 ta bino virus tarqalishining oldini olish maqsadida yopilgani sababli 3000 nafar aholi xonadonlarini 5 kun davomida tark eta olmadi.

Foto: AP Photo

Fransiyaning Fontenblo o‘rmonida ochiq osmon ostida film tomosha qilayotgan odamlar.

Foto: Rex

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Ispaniyada bir qator cheklovlar qaytadan joriy qilindi va plyajlar yopildi

AQShning Nyu-York shahridagi Quyi Manxetten tumanidagi Butunjahon savdo markazi binosini o‘rab turgan yashinlar. Ular Gudzon daryosiga urilmoqda.

Foto: Getty Images

Myanmaning Xpakant shahrida kechki bozorda konchilar nefrit toshini brokerlarga taklif etmoqda. Yaqinda Myanmada eng yirik halokatlardan birida nefrit koni o‘pirilishi natijasida eng kamida 170 nafar konchi halok bo‘lgan edi.

Foto: Getty Images

Xitoyning Anxoy provinsiyasidagi kuchli yomg‘ir natijasida suv bilan to‘lib toshgan hududda qo‘lbola qayiqda ketayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Mavzuga doir: Foto: Yaponiyada 52 kishining umriga zomin bo‘lgan hamda minglab odamlarni uysiz qoldirgan suv toshqini

Mexiko shahrida do‘konlari ochiq tumanga kirish uchun yurib kelayotgan odamlar. Mamlakatda pandemiya cheklovlari sekin-asta yumshatilmoqda.

Foto: Reuters

Keniyaning Nayrobi shahridagi xarobalar yonidagi temiryo‘lda ketib borayotgan erkak.

Foto: Reuters

Sharqiy Quddusda koronavirusga test topshirayotgan falastinlik ayol.

Foto: Reuters

Angliyaning London shahrida “Globus” teatrini teatrlarni qutqarish bo‘yicha #scenechange kampaniyasi doirasida pushti rangli tasma bilan o‘rab chiqayotgan xodim.

Foto: Reuters

Mavzuga doir: Qo‘rqinchli London. 7-iyul — Britaniya tarixidagi eng yirik terrorchilik akti sodir etilgan kun

Braziliyaning San-Paulu shahrida restoran tashqarisida mijoz kutayotgan xodim.

Foto: Reuters

Chilining Santyago shahridagi El-Pino-de-San-Bernardo kasalxonasida koronavirusga chalingan bemor uchun skripka chalayotgan hamshira.

Foto: Reuters

От qwert.uz