Bekatda (sheʼr)

Gʼizillab asfalt yoʼlda,
Mashinalar oʼtardi.
Bir yoʼlovchi bekatda,
Taksi kutib turardi.

Rosa kutib charchadi,
Lekin kelmadi taksi.
Kutganingda odatda,
Boʼlib chiqadi aksi.

Sovuq oʼtib suyakdan,
«Otasin ishin» qildi.
Zarda bilan bekatdan,
Uyiga joʼnab qoldi.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF