Bir kuni, bir davrada,
«Sartarosh kim?» — dedilar.
Birlari shu pallada,
Shunday javob qildilar:
«Egnida oppoq xalat,
Qoʼllarida ustara,
Bu kasb xam bir sanʼat,
Soch olishin bir qara!».
Yana birlari shunda,
Qildi boshqacha talqin:
-«Shunday kasb bor qoʼshnimda,
Sartaroshlikka yaqin.
Kimki tushsa qoʼliga,
Soqolini «qirtishlab»,
Ega boʼlar puliga,
«Sartarosh» boʼlib ishlab.
Roʼbaroʼ kelmang unga,
Yaxshiligi yoʼq buni.
Xaqiqiy sartaroshga,
Аdashtirmang, siz uni!»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF