Аriqdagi zilol suv,
Shildir-shildir oqadi.
Jozibali qoʼshiq u,
Menga juda yoqadi.

Barcha jonzot, oʼt-oʼlan,
Gʼumay, yalpizu kaxra.
Qonib ichib suvidan,
Аriqdan olar baxra.

Yogʼin-sochin koʼp boʼlsa,
Suvi toʼlib toshadi.
Shodligidan koʼpirsa,
Qirgʼoqdan xam oshadi.

Qaldirgʼochlar loyida,
Uya qurar oʼziga.
Аriq kuylar shu xaqda,
Quloq soling soʼziga.

Shovullaydi betinim,
Oʼz ishidan shod boʼlib.
Chunki ezgu ish doim,
Qolar qalbda yod boʼlib.

Xamma narsa oʼzgarar,
Oʼtib qancha davrlar,
Faqat ariq oʼzgarmay,
Qoʼshiq kuylab, shovullar!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz