«Egallab» olislarni,
Qorli togʼlar yotadi.
Quyosh xam shu togʼlarni,
Orqasiga botadi.

-«Ey togʼlar, quyoshni siz,
Koʼrasizlar yaqindan.
Sizlar sira qoʼrqmaysiz,
Dovul, jala, chaqindan.

Extimolki ichingiz,
Jumboqlarga toʼladir.
Bilmam, sizning bagʼringiz,
Qancha sirni biladir?..

Kelajakda baribir,
Sirlaringiz ochamiz.
Jumboqlarni birma-bir,
Xalqimizga sochamiz!»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz