Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita “Saudiya Arabistoni Hajga ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Reuters

“Saudiya Arabistoni hukumati qarori bilan bu yilgi Haj mavsumi faqat mamlakat fuqarolari va Saudiyada yashayotgan chet el fuqarolari uchun cheklangan miqdorda tashkil etilmoqda. Xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar bu yil qabul qilinmaydi. Saudiya Arabistoniga xalqaro aviareyslar to‘xtatilgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, “Haj—2020” mavsumiga onlayn ro‘yxatdan o‘tish faqat mamlakat aholisi va Saudiyada bo‘lib turgan chet el fuqarolari uchun tashkil etilmoqda.

“Turli firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘ling. Haj va umra masalasi bo‘yicha tekshirilgan va ishonchli xabarlarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlaridan olishingiz mumkin”, — deya qayd etadi qo‘mita.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi sabab xorijlik ziyoratchilar uchun 2020-yilgi Haj ziyoratini bekor qilgani to‘g‘risida iyun oxirlarida xabar berilgandi.

Avvalroq mamlakat hukumati koronavirus infeksiyasi xavfini kamaytirish maqsadida 2020-yilgi Haj mavsumi uchun ziyoratchilarga bir qator qoidalarni joriy qilgan edi.

От qwert.uz