Tol (sheʼr)

Аriq boʼyida yakka,
Oʼsar edi bir tup tol.
Uning avj olishiga,
Qulay edi bunday xol.

Oylar va yillar oʼtib,
Tol boʼldi katta daraxt.
Baxor, yoz, kuz koʼkarib,
Qish fasli boʼldi karaxt.

Issiq paytlar odamlar,
Ostida dam oldilar.
Ortda qolmay bolalar,
Baʼzan uxlab oldilar.

Tolni ekkan odamni,
Eslab, raxmat deyishdi.
Keksalar xam ekkanni,
Rosa duo qilishdi.

Oʼyga toldi, tol rosa:
-«Sababchisi kim ekan?».
Ekkanga «raxmat» boʼlsa,
Tolga «raxmat» qanikan?…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF