Gala-gala chumchuqlar,
Uchishadi qaygadir.
Xar bir daraxtga ular,
Qoʼnishadi birma-bir.

Bolasi uchun balki,
Non-uvoq topmoqchidir.
Xas-choʼplar yigʼib yoki,
Tomini yopmoqchidir.

Olmaning shoxlariga,
Chumchuqlar qoʼndi ana.
Chiriqlab bir daqiqa,
Uchib ketishar yana.

Barin xar-xil maqsadi,
Yashash uchun kurashar.
Xayot davom etadi,
Xarakatga yarasha!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz