Issiq yozda, oʼchoqqa,
Choʼgʼiga dumbul koʼmdim.
Soʼng vaqtni oʼtkazmoqqa,
Mulьtfilьmga koʼmildim.

Tomoshaga berilib,
«Daromad»ni unutdim.
Soʼng dumbul esga kelib,
Borib oʼchoqni titdim.

Qurshab olgan qarasam,
«Daromadim»ni kulfat.
Men «mulьtik»ka koʼmilsam,
Dumbul choʼgʼ bilan ulfat!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz