Raqqosa (sheʼr)

Raqqosa xirom aylab,
Davrada «chir» aylanar.
Goʼyo u koʼkni koʼzlab,
Parvoz uchun shaylanar.

Аsta qadam tashlaydi,
Doiraning soʼzida.
Gʼunchaday ochiladi,
Oʼsha yerning oʼzida.

Egnidagi libosi,
Unga juda yarashar.
Qizchalarning xavasi
Ortib unga unga qarashar.

Raqqosa qiz oʼrtada,
Oʼynaydi aylab xirom.
Uning raqsi aslida,
Xalqimizga extirom!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF