Tush (sheʼr)

Oldimda turibdi gʼor,
Uning ichida dev bor.

Devni koʼrib, qochdim tez,
Dev quvladi oʼsha kez.

Dev menga, olsa yetib,
Qoʼyardi meni yutib.

Ishlatib bor kuchimni,
Qutqarayin oʼzimni.

Yugurib jon-jaxd bilan,
«Qutul» degan axd bilan,

Bir payt ochsam koʼzimni,
Uyda koʼrdim oʼzimni.

Tushim ekan, xayriyat,
Boʼlmasa, bu shum niyat,

«Xap» etib, yeb qoʼyardi,
Va qorni xam toʼyardi.

Yaxshiyam, tez uygʼondim,
Kelib meni «omadim»!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF