Xarakatda — barakat… (sheʼr)

Quyoshning zar nurlari,
Koʼzlarimda jimirlar,
Shamolsiz tut shoxlari,
Ne uchundir qimirlar.

Qarasam yaqin kelib,
Qorayib turar qargʼa.
Tut shoxiga ilinib,
Oʼzi turardi zoʼrgʼa.

«Toshotar» shumtakadan,
Balkim berkinyapgandir.
Extimol tut ichidan,
Yemak qidiryapgandir.

Ne boʼlsa xam, bu xolat,
Yashash uchun xarakat.
Boʼlmang dangasa, loqayd,
Xarakatda barakat!…

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF