Rizq… (sheʼr)

Gʼizillab asfalt yoʼldan,
Mashinalar oʼtardi.
Yuklagan boʼlsa don-dun,
Yerga oz-moz toʼkardi.

Yoʼlga toʼkilgan donga,
Bir gala mayna qoʼndi.
Bir oz oʼtib maydonga,
Boshqa qushlar qoʼshildi.

Dunyodagi jonzotning,
Barchasin oʼz rizqi bor.
Oʼsha rizqni olmoqning,
Yoʼli shu — mexnat darkor!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF