Tokchada bir dona nok
Turardi, tushib nafsim
Yesam boʼlardi shu choq,
Der edim:»Ukam kelsin!».

Bajargancha uy ishin,
Qarasam tokcha tomon,
Nokdan qolmabdi nishon,
Boʼlib qoldim parishon.

Qarasam nokni ukam,
Kavshab, jagʼi tolibdi.
Mayli deyman, nima xam,
«Oʼz rizqini olibdi!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz