Xiqichoq tutib qoldi,
Birdaniga qandaydir.
Qani bosilsa endi,
Nima qilsa toʼxtaydi?

«Xiq-xiq» deganim sayin,
Eʼtiborni tortaman.
Naxot toʼxtatish qiyin,
Oʼzim urdim xar tomon.

Bir oʼtkinchi yoʼlakay:
-«Qildingizmi oʼgʼirlik?».
Xazillashib men atay,
Dedim:-«»Qildim toʼgʼrilik!.

-«Yoʼq, qilgansiz oʼgʼirlik,
Xiqichoq emas bejiz!».
-«Qilmang siz xam toʼgʼrilik,
U xam aynibdi esiz!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz