Onalarni eʼzozlaylik… (sheʼr)

Ona goʼyo, koʼkdagi quyosh,
Dur — javoxir koʼzidagi yosh.

«Farzandim» deb, yashar erta-kech,
Zarur boʼlsa, mijja qoqmas xech.

Qalbi uning, quyoshdan iliq,
Muxabbatga, mexrga toʼliq.

«Eng moʼʼtabar, kim u, aytingchi?»,
-«Shu onadir — xayot sevinchi!».

Ona bilan, xayot farovon,
Chexramiz xam, xushnud, charogʼon.

Muqaddas u, siz buni biling,
Eʼzozlaylik ularni keling!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF