Chinor… (sheʼr)

Koʼchamizning boshida,
Bir tup chinor ekilgan.
U ulugʼvor yoshida,
Shoxlab koʼkka intilgan.

Undan baxramand boʼlar,
Soyasida yosh-qari.
Chinor bagʼriga olar,
Onaizor singari.

Chinorni ekkan inson,
Ketgan ekan frontga.
Yurti uchun berib jon,
Qayta olmabdi ortga.

Chinor esa xali xam,
Yashnab turar joyida.
Goʼyo ekkanga bu dam,
Taʼzim aylar poyida!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF