Gʼoyibdan ovoz… (sheʼr)
-«Qiziqaman gox unga — bunga,
Xamma narsa qiziqdir menga.
Gox muxandis boʼlgim keladi,
Imoratlar qurgim keladi.
Goxi bogʼbon, gox oʼqituvchi,
Gox duradgor, goxo oʼquvchi.
Kim boʼlishim xali bilmayman,
Qiziqishim aslo qoʼymayman!».
Birdan keldi gʼoyibdan ovoz:
-«Xar narsaga qiziqishing rost,
Endi tashla bunday odating,
«oʼlchab» koʼrib, qunt-layoqating,
Bitta kasbni «boshi»dan ushlab,
Naf keltirgin, yurakdan ishlab!»…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF