«Mexmonlar»… (sheʼr)

Tong. Аtrofni tuman qoplagan,
Parda bilan toʼsiq xar tomon.
Oq bulutlar yerga «sakragan»,
Shu tariqa boʼlmoqchi «mexmon».

Koʼrinmaydi quyosh umuman,
«Mexmon» boʼlmoq istamas balkim.
Junjikadi sovuqdan badan,
Sayramas qush, borliq turar jim.

Bir zamonda joʼnar mexmonlar,
Yer-zaminni tark etib birdan.
Oʼz ishini boshlar mezbonlar,
Xayot «isi» taralar yerdan!…

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF