-«Mana bugun tugʼilgan kunim,
Ertalabdan bilmayman tinim.

Dasturxonni bezatdim oʼzim,
Koʼcha poylar ikkala koʼzim.

Darvoza «tiq» etsa, xar zamon,
Nigox «chopar» darvoza tomon.

Xa, bu safar shamol berdi pand,
Naxot barcha yaqinlarim band!…».

Shu gaplarni oʼziga soʼylab,
Yaqinlarin birma-bir oʼylab,

Dasturxonda yolgʼiz bir oʼzi,
Koʼcha poylar umidsiz koʼzi…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz