28-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Sevara Nazarxon “Har birimiz hayot atalmish qayiqda suzmoqdamiz”, degan fikrni ilgari surdi.
Yosh aktrisa Gulinur Abdullayeva to‘y suratini folloverlariga taqdim etdi.
Turk aktrisasi Maryam Uzerli dam olish kunini o‘zining Berlindagi “Nosh-nosh” restoranida o‘tkazdi.
Javohir Zokirov buvisi, otasi, onasi, o‘zi va singlisi aks etgan arxiv surat bilan bo‘lishdi.
Rayhon bronxitni boshdan kechirmoqda. U asal va malina bilan davolanmoqda.
Kasal holida to‘yda qo‘shiq kuylagan Munisa Rizayevaning ahvoli yomonlashdi. Xonanda bir nechta dorilar qabul qilayotgani haqida bo‘g‘iq ovozda so‘zlab berdi.
“Elchining qizi” teleserialidagi Gediz — Uraz Kaygilaro‘g‘lu folloverlariga Oppo smartfonini tavsiya etmoqda.
Moskva ko‘chalarida o‘g‘li bilan sayr qilayotgan Zarina Nizomiddinova.
Asal Shodiyeva o‘g‘li Muhammad Yusuf dadasining qo‘shiqlari sadosi ostida uxlashini ko‘rsatdi.
Aktrisaning aytishicha, Muhammad Yusuf uning o‘ziga o‘xshar ekan.
Foto: Instagram / @asalshodiyeva
Kapurlar sulolasining yorqin vakili, aktyor Ranbir Kapur 28-sentabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Ranbirning sevgilisi aktrisa Aliya Bhatt uni ushbu sana munosabati bilan tabrikladi.
Turkiyalik aktrisa Fahriye Evjen yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.