Endilikda haydovchilar yonida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi bo‘lmasa, transport vositalari jarima maydonchasiga olib ketilmaydi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston Prezidenti 28-sentabrda imzolagan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi (transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi)ga tegishli o‘zgarishlar kiritilgan bo‘lib, yangi tartib u rasman e’lon qilingan kundan, 29-sentabrdan kuchga kiradi.

Shunga qaramay, yonida sug‘urta polisi bo‘lmagan haydovchi jarimaga tortiladi. Hozirda uning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng (223 000 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshlarida “Mening fikrim” portaliga sug‘urta polisi yo‘qligi tufayli avtotransport vositasini jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqidagi petitsiya joylashtirilgan va u parlamentda ko‘rib chiqish uchun yetarli bo‘lgan 10 000 dan ortiq ovoz to‘plagandi.

Senatorlar ushbu amaliyotning bekor qilinishi bunday qoidabuzarlik holatiga nisbatan jazo bazasini qisqartirish hamda fuqarolarning mulkka bo‘lgan huquqlarini kuchaytirish hamda bu orqali korrupsiogen holatlarining oldini olish imkonini berishini ta’kidlagan.

От qwert.uz