Qalin oʼrmon, daraxtlar ulkan,
Taʼnasiga yetmaydi quchoq.
Oʼrmon gʼoyat xaybatli makon,
Zulmat qoʼshin tortmoqda bu choq.

Keksa daraxt shoxiga qoʼnib,
«Xu-xu»laydi boyoʼgʼli gox-gox.
Tovushlari kuchayib-soʼnib,
Och boʼrilar qilishar «ox-vox».

Unda-bunda yaltiroq qurtlar,
«Yalt-yalt» qilib, koʼzga tashlanar.
Yaqinlashgach tong otar paytlar,
Yulduzlarda soʼnish boshlanar.

Tong otganda, xayot mavj urar,
Tinim bilmas, barcha mavjudot.
Yashash uchun kurashar ular,
Shunday oʼtar oʼrmonda xayot!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz