Erta turdi ertalab,
Аxir u xam non talab.

Olib arqon, boltani,
Аrrani va xaltani,

Yoʼl oldi u oʼtinga,
Olis dala tomonga.

Xali yulduz charaqlar,
Oy xam koʼkda yaraqlar.

Saxar dalaga yetar,
Soʼng ishga tushib ketar.

Tinimsiz kesar daraxt,
Sovuqdan qoʼli karaxt.

Quyosh nurin sochganda,
Kunduz eshik ochganda,

U daraxtni parchinlab,
Shoxlarini sarjinlab,

Nafas rostlagach. birdan,
Osmondanmi yo yerdan,

Bir nozir boʼlib paydo,
Oʼtinga boʼldi «shaydo».

Boshlandi tortishuv, baxs,
Chunki nozirga bu farz.

«Аxir, nozirga nima?!…»,
Bosdi uni vaxima.

Nozir yasab «xotima»,
Rasmiylashdi jarima!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz