«Tuf» desang, tupuk yaxlar,
Qish esa, qorni «taxlar».

Uzilmas pechda olov,
Tarasha yonar lov-lov.

Qorlar gʼirch-gʼirch qiladi,
Poyafzal qor «tiladi».

Аoiq beti «muzqaymoq»,
Endi qiyin suv olmoq.

Sovuq shamol esadi,
Yuzni tigʼsiz kesadi.

Baxorga oʼrin yoʼqmi?
Yoʼq. bu tabiat xukmi.

Oz fursat oʼtib albat,
Baxorga kelar navbat!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz