O‘zbekistonda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlari (turizm politsiyasi)ning yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: IIV matbuot xizmati

Yangi namunadagi forma hozirda Toshkent shahri va Toshkent viloyati xodimlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Ta’kidlanishicha, formani ishlab chiqishda avvalo uning ko‘rinishi (dizayni)ga, shuningdek, qulayligiga ahamiyat qaratilgan.

Yangi xizmat liboslarini tayyorlashda O‘zbekistonning turli hududlaridagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar ham inobatga olingani aytilmoqda. Qayd etishlaricha, formaning sinovi 2020-yil oxiriga qadar davom etadi.

Foto: IIV matbuot xizmati

Foto: IIV matbuot xizmati

Foto: IIV matbuot xizmati

Foto: IIV matbuot xizmati

Foto: IIV matbuot xizmati

Foto: IIV matbuot xizmati

Foto: IIV matbuot xizmati

Avvalroq Toshkent shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari yangi formani sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan edi.

От qwert.uz