O‘zbekistonda 2020-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari hisobida turib, pensiya va nafaqa olayotgan 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshganlar soni 794 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, mazkur 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshgan fuqarolarning 131 nafari yoki 16,5 foizi erkaklar va 663 nafari yoki 83,5 foizi ayollar hisoblanadi.

O‘zbekistonda 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshganlar soni hududlar kesimida quyidagicha:

  • Qashqadaryo viloyati — 143 nafar (18 foiz),
  • Surxondaryo viloyati — 120 nafar (15,1 foiz),
  • Samarqand viloyati — 78 nafar (9,8 foiz),
  • Farg‘ona viloyati — 76 nafar (9,6 foiz),
  • Toshkent viloyati — 64 nafar (8,1 foiz),
  • Namangan viloyati — 59 nafar (7,4 foiz),
  • Andijon viloyati — 56 nafar (7,1 foiz),
  • Buxoro viloyati — 37 nafar (4,7 foiz),
  • Xorazm viloyati — 36 nafar (4,5 foiz),
  • Jizzax viloyati — 31 nafar (3,9 foiz),
  • Navoiy viloyati — 27 nafar (3,4 foiz),
  • Toshkent shahri — 25 nafar (3,1 foiz),
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 23 nafar (2,9 foiz)
  • Sirdaryo viloyati — 19 nafar (2,4 foiz).

Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar–sentabr oylarida 383 nafar pensiya va nafaqa oluvchi 100 yoshga to‘ldi. Ularning 70 nafari (18,3 foiz) erkak va 313 nafari (81,7 foiz) ayollar hisoblanadi.

От qwert.uz