Ona-onalar 15-oktabrdan farzandlarining bog‘chaga qabul qilinishi uchun navbatga turishlari va yo‘llanma olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: O‘zA

Qayd etilishicha, 15-oktabrdan e’tiboran davlat bog‘chalariga qabul uchun talabnomalarni elektron tarzda yuborish tizimi qayta ishga tushadi. Tizimga kelib tushgan yo‘llanmalarga elektron generatsiya yordamida ishlov berilganidan so‘ng quyidagilarni bajarish lozim:

  • Davlat xizmatlari markazi (“Yagona darcha”)da yo‘llanmani olish. Talabnomani my.gov.uz portali orqali yuborgan ota-onalar Davlat xizmatlari markaziga borib o‘tirmay, yo‘llanmani printer orqali bosib chiqarishlari mumkin.
  • Yo‘llanmani 15 kun davomida MTTga taqdim etib, bola qabulini rasmiylashtirishlari talab etiladi. Belgilangan 15 kun o‘tgach, yo‘llanma muddati bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bolani bog‘chaga joylashtirish uchun ariza berish xizmati iyul oyida qayta ishga tushirildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga toza suv zaxirasi, tozalovchi va dezinfeksiya vositalari mavjudligini ta’minlagan holdagina ish boshlashiga ruxsat beriladi. MTTlar ochilishi uchun xalq deputatlari kengashi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ruxsati talab qilinadi.

От qwert.uz