Ovqat qilish, qiyinmi — oson?,
Tajribaga — quchoqlang qozon!
(Tagʼin rostdan quchoqlab olmang,
Kiyimingiz qop-qora qilmang.
«Quchoqlash» bu — ibora xolos,
Oshpazlikka qilganda qiyos).
Pazandalar qilganda ovqat,
Siz yeyishni bilasiz faqat.
Baʼzan esa. aybin topasiz,
«Tuzi past» deb, tigʼsiz chopasiz.
Oson tutib boʼlmaydi, faqat,
Xar bir kasbda, bordir mashaqqat.
Mana, kapgir va qozon sizga,
Maxoratni koʼrsating bizga!…
Абдулла Пулатов
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF