Аriqning suvi…(sheʼr)

Tandirdan uzildi issiqqina non,
Bolalar chugʼurlab, kelishdi shu on.

Savatda shirmon non turar tizilib,
Negadir yeyishmas, bolalar olib!.

Xech kim koyimasa, ne sabab, qiziq?
Xamon bolachalar, turar bir chiziq.

Ulardan soʼradim: -«Siz qarab nonga,
Nega oʼxshaysizlar, axir mexmonga!?.»

Bolalar deyishar: -«Non juda qaynoq!»,
-«Аna, ariq suvida, qiling oqizoq!».

-«Nimalar deyapsiz — ariqning suvi,
Xattoki, qoʼlni xam boʼlmasku yuvib…!?

Kattalar ne sabab loqayd, beshafqat
Аriq suvlariga, tashlashar axlat!…»

Qaniydi, ariqda qilsak oqizoq,
Bizningcha, u kunlar. xali xam uzoq…!»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF