«Palov»… (sheʼr)

Palov soʼzin oʼziyoq,
Uygʼotadi ishtiyoq.

Xatto qorni toʼq inson,
Palovga topar imkon.

Siypalasang kapgirda,
Gurunch koʼkka sapchirda.

Xushboʼy xidi olamni
Tutar, chorlab odamni.

Uni suzib tovoqqa,
Chogʼlanamiz yemoqqa.

Yengimizni shimarib,
Аchchiq choydan simirib,

Boramiz marra tomon,
Uni qoʼymaymiz omon.

Yana boʼlsa keltirsin,
Oʼldirsa osh oʼldirsin!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF