-«Xa, yaramas, bekorchi,
Dangasa boʼlma, garchi
Oʼzingni oʼngla bundoq,
Xayoting boʼlar qandoq?
Oʼtinlarni yordingmi?
Xoʼsh, suvgachi, bordingmi?».
-«Oʼtin tayyor, suv tayyor,
Deysiz yana — «Sen ayyor»!».
-«Sanqimasdan toʼylarga.
Qaradingmi qoʼylarga?».
-«Uch bor qaradim, axir!»,
-«Unda nega boʼsh oxur?,
E, qoldim qanday kunga?,
Soldingmi xashak unga?».
-«Qaraganim kammidi?
Xashak solinarmidi?!…»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz