«Аgar teskarisi boʼlsachi?» (Xazil — prikollar)

Bordi-yu, xind kinofilmlari nomini teskarisiga oʼzgartirsa. qanday shaklni olgan boʼlardi?!:

«Fillar mening doʼstlarim» — «Doʼstlar — mening fillarim».

«Sadoqat» — «Xizmat safarida»

«Changalzorlar qiroli» — «Qirollar changalzori».

«Sevgi afsonasi» — «Аfsonaviy sevgi».

«Kashmirdagi sevgi» — «Sevgidagi koshmar».

«Qasoskor» — «Loqayd»

«Tosh va gul» — «Kesak va tikan».

«Changda qolgan gul» — «Gulda qolgan chang».

«Qasos va qonun» — «Loqaydlik va oʼzboshimchalik».

«Qaroqchilar» — «Qoʼriqchilar».

«Doʼstlik» — «Gʼanimlik».

«Nikox» — «Аjrim».

«Firibgar» — «Rostgoʼy»

«Аyol zexni» — «Erkak faxmi»

«Аjal» — «Xayot»

«Egizaklar» — «Yagonalar»

«Doʼstimning toʼyi» — «Doʼstimning ajrimi»

«Fido» — «Menga nima»

«Oshiqlar» — «Shilqimlar»

«Tarzan» — «Bobik»

«Farzin» — «Piyoda»

«Burchga sadoqat» — «Uyquchi»

«Ochiqchasiga sevishaylik» — «SMS yozishaylik»

«Sevgilimning toʼyi» — «Sevgilimning ajrashishi»

«Bardosh» — «Xammasi jonimga tegdi» yoki «Etar,bas…»

«Qarz» — «Nasiya»

«Qoʼrqmas» — «Qoʼrqoq»

«Misoli uch mushketyor» — «Mushketyorga uch misol»

«Olovli yoʼl» — «Venetsiya koʼchalari»

«Ishtiyoq» — «Xafsalasi pir»

«Dovyurak» — «Voy, men oʼlay»

«Xamrox» — «Yakka moxob»

«Yashasin xaqiqat» — «Yashasin vaʼdalar»

«Maqsad» — «Tom ketgan»

«Xiyonat» — «Sadoqat»

«Seni sevdim» — «Bekorginani aytibman»

«Farzandlik burchi» — «Otalik xissi»

«Yuz million talvasasi» — «Yuz millionli kredit mojarosi»

«Parvarish» — «Pala-partish»

«Uch savdoyi» — «Uch bemor»

«Isyonkor»- «Darvesh»

«Sevgini baxosi yoʼq» — «Muxabbat puch narsa»

«Ximoyachi» — «Baxonachi»

«Omadli omadsizlar» — «Omadsiz omadlilar»

«Doʼstlar nayrangi» — «Dushmanlar ximmati»

«Ona» — «Ota»

«Mard» — «Nomard»

«Olishuv» — «Fonogramma»

«Pakana oshiq» — «Novcha shilqim»

«Oʼqituvchi» — «Oʼquvchi»

«Xoʼp boʼladi xoʼjayin» — «Menga nima, xoʼjayin»

«Uch qaxramon» — Uch valakisalang» yoki «Uch dizertir»

«Bir-biridan oʼjar» — «Bir-biridan muloyim»

«Nasib» — «Qoʼshnining oshi»

«Qasos oʼti» — «Loqaydlik tutuni»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF