Qoʼshni eshigidan oʼtsam xar kuni,
Bir kuchuk, akillab, choʼchitar meni.

Begona boʼlsam xam, lekin qaranga,
Xech qancha vaqt oʼtmay, oʼrgandi menga.

Balkim u bilgandir, niyatim xolis,
Yoki boshqa sabab. qoʼshnilik bois.

Nima boʼlganda xam, uch-toʼrt kun oʼtib,
Xar gal qaytganimda, turar kuzatib.

«Murosa» — dunyoda qanday ajoyib,
Dunyodagi ishlar — lekin gʼaroyib….

Xattoki baʼzida yaqin kishilar,
Oʼzaro zoʼr-baʼzoʼr murosa qilar.

Oʼtkinchi dunyoni abadiy oʼylab,
Yurarlar bir-birin gʼanimday poylab…

…Qoʼshni eshigidan oʼtsam xar kuni,
Negadir, xech narsa choʼchitmas meni!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz