Gavjum bozor, selday oqar odamlar,
Sabzi, sholgʼom, turp. yongʼoq, bodomlar.

Xammadan xam moʼl juda sholgʼom, turp,
Turp qoʼshib, palovni yeyish — urf.

Bir «olarman» «sotarman»dan soʼradi:
-«Bu turpni narxi qancha turadi?».

«Sotarman» der, kulib: -«Qiziq ekansiz,
Palov bilan — qachon sholgʼom yegansiz!

Sizga sholgʼom, turp ekan — baribir,
Qopimdagi, turpmas — sholgʼom axir!

Kamgap boʼlib, turar «olarman» xayron,
«Sotarman»ning esa tillari biyron:

-«Qancha tortay, oching idishingizni!»,
Odamlar der: -«Qoʼying xazilingizni!».

Soʼng bildilar, xorijdan ekan mexmon,
Oʼzbekchani oʼrgangan ekan — obdon.

Qoyil qoling, xorijdan kelgan inson,
Bozorimiz koʼrgani topsa imkon!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz