Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida o‘tkazilgan farmatsevtika va tibbiyot sohasida tijoratlashtirishga tayyor bo‘lgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasida virusga qarshi paypoqlar namoyish etildi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi Online”.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rgazma talabga mos ravishda vazirlik tomonidan istiqbolli loyihalarga moliyaviy mablag‘ ajratish  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    , intellektual mulkni himoya qilishda yordam ko‘rsatish, ilmiy ishlanmaning bozor talablariga javob beradigan prototipini ishlab chiqarish, tarmoqqa tayyor mahsulotni yetkazib berish choralarini ko‘rishga ko‘mak beradi.

“Biz ko‘rgazmada virusga qarshi paypoqlarimiz bilan ham ishtirok etyapmiz. Ular uchun maxsus eritma o‘ylab topilgan. Ishlab chiqarishimiz bugungi kunda institut bazasida yo‘lga qo‘yilgan. 500 litrgacha eritma ishlab chiqarishimiz mumkin. Bizlar ichki kiyimlar yoki paypoqlarga eritma bilan ishlov berganimizda tarkibida nano kumush zarralar hosil bo‘ladi. Natijada terlashning oldi olinadi. Kumush nano zarralari barcha mikroblarni o‘ldiradi.

Eritma tayyorlanadi, uning tarkibida kumush hali ion shaklida bo‘ladi. Ishlov bergandan keyin bizlar metall holatga nano zarrachagacha qaytarishimiz kerak. Agar u ion holatda qoladigan bo‘lsa, terini kuydirish xususiyati ham mavjud.

Biz buni eritma shaklida ham, tayyor mahsulotga yoki matoga ishlov berib ham sotuvga chiqarishimiz mumkin”, — deydi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Yo‘ldoshev Sherzod.

Ma’lumot uchun, ikki kun davom etgan ko‘rgazmada O‘zbekistondagi ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy va innovatsion markazlari tomonidan 100 taga yaqin ilmiy ishlanmalar namoyish etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusni yo‘q qiluvchi texnologiya yaratilgani, u sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz