AQSh Xitoydagi Shinjon qurilish va ishlab chiqarish korpusi bilan bog‘liq kompaniyalardan paxta hamda tekstil mahsulotlarining importiga taqiq qo‘ydi. Bu haqda AQSh Bojxona-chegara xizmatiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi. Harbiylashtirilgan korpus Xitoydagi eng yirik paxta yetishtiruvchilardan biri hisoblanadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Global Look Press

Korpusga nisbatan sanksiya 2020-yilning iyulida “Magnitskiy akti” bo‘yicha joriy etilgandi. Sanksiyalarning qo‘llanilishiga ishlab chiqarish jarayonida uyg‘urlar mehnatidan majburiy foydalanilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan. 1-dekabrdan so‘ng AQSh kompaniyalari o‘zlarining yetkazib berish zanjiridan Shinjondagi korpusga bog‘liq korxonalarni chiqarib tashlashi kerak.

Avvalroq AQSh xorijdagi aktivlar nazorati boshqarmasi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida inson huquqlari me’yorlarining buzilishi sabab mazkur viloyatdagi amaldorlarga nisbatan yangi sanksiyalarni qo‘llagan edi. “Prezident Tramp va Amerika xalqi Xitoy kommunistik hukumati tomonidan amalga oshirilgan inson huquqlarining buzilishiga qarab turmaydi”, — degan edi AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Ken Kuchinelli.

OAV va huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, iyulda Adidas, Lacoste, H&M, Calvin Klein va boshqa jahon kompaniyalarining kiyim-kechaklarini ishlab chiqarishda uyg‘urlar majburiy mehnatidan foydalanilgan.

От qwert.uz