Oxuga bagʼishlab, sheʼrlar bitilgan,
Koʼzlarin madx etib, taʼrif etilgan.
Men xam shu oxuga sheʼr bitmoq boʼlib,
Umidla qoʼlimga qalamni olib,
Satrlar yaratdim, oxuni kuylab,
Oʼsha satrlarni qogʼozga joylab.
Negadir bitganim yoqmadi menga,
Mengaki yoqmabdi, yoqmas xech kimga.
Oʼchirib-koʼchirib, urinib ancha,
Qogʼoz, vaqt sarfladim bunga bir qancha.
Bir maxal, moʼʼjiza roʼy berdi birdan,
Bir oxu yonimda allaqaerdan,
Nogaxon koʼrinish berdi-yu, dedi:
-«Ey, inson, sheʼrlaring, ich-etim yedi,
Siyqasi chiqqan bu misralaringni,
Toʼxtatgin, qiynama — meni. oʼzingni.
Qachon yozilarkin, yangiroq mavzu,
Shu narsa, men uchun — ushalmas orzu!»…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF
