(«Mox» — xar qanday iqlim sharoitiga moslasha oladigan oʼtsimon oʼsimlik turi. Bu oʼsimlik yer sharining istalgan nuqtasida, jumladan tundra, abadiy muzliklar bilan qoplangan xududlar, Аrktika, Аntarktidada, togʼlarda xam uchraydi..)
Tashnaligu, sovuq va issiq,
Chidash berar bariga moxlar.
Ular uchun boʼlolmas toʼsiq,
Sovuq tundra, qor-muzli togʼlar.
Tosh boʼlsa bas, moslashib unda,
Yashay olar suvsiz — tuproqsiz.
Lek, arzimas qiyinchilikda,
Yashay olmas, baʼzilar esiz!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF