«Lola va qizbola» (sheʼr)

Choʼqqining uchida turar bir lola,
Lolani uzmoqchi boʼlar qiz bola.

Choʼqqiga tirmashdi, lekin boʼlmadi,
Lolani olmasdan, koʼngli toʼlmadi.

Olishga ojizlik qilsa. u netsin,
Loladan voz kechib, qayga xam ketsin.

Bir maxal «alьpinist» yigitcha kelib,
Va qizning koʼnglida, ne maqsad bilib.

Bir zumda chiqdi u, qoya uchiga,
Qiz xayron qolgandi, uning kuchiga.

Yigitcha avaylab, lolani uzdi,
Soʼng pastga tushdida, qizga tutqazdi.

Lola bir baxona, birlashdi koʼngil,
Bu sheʼrim, sevgidan — faqat bir shingil!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF