Kurash tushar ikki polvon,
Boʼsh kelmaydi, ikki tomon.

Biri abjir, biri chayir,
Birov deydi: -«Qoʼlin qayir!».

Biri deydi: -«Yiqit, chalib!»,
Qomatlari — misli «Аlp».

Bir-biriga berishib chap,
Oxir biri, yiqildi «tap».

Boʼldi qarsaklar gulduros,
Xamma derdi: -«Yasha, shovvoz!».

Mukofotin — oldi gʼolib,
Magʼlub turar — qovoq solib!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz